Muhammad (s.a.v) hayotlaridan
Introductions Muhammad (s.a.v) hayotlaridan
Muhammad alayhissalom hayotlaridan O'N QISSA
Arabchadan Jahongir Barnoev tarjimasiToshkent
"Movarounnahr" - 2004
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Bu kitob o'zi haqida sizlarga so'zlab beradi
Men kitobman va bundan juda xursandman. Va mavjud narsalardan, eng muhimi,
qimmatbaho narsalardan bo'lganim uchun gururlanaman. Mening varaqlarim mol-dunyo
va pul varaqlaridan mo '' tabar, qadrli. Buning sababi shuki, Alloh taolo insonlarni
hidoyatga boshlamoqchi bo'lganida ularga kitob nozil qildi ... Muqaddas kitobni ... Tavrot
ham kitob, Injil ham kitob va Qur'oni karim ham-Kitob.
Va albatta men Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlaridagi kitobman. Nabiy va
rasullarning ko'zi bo'lgan Alloh u zotni barcha kishilarni hidoyatga, haq yo'lga,
yaxshilikka, muhabbatga boshlovchi, jamiki insonlarga tinchlik-omonlik tilovchi qilib
yubordi.
Men ziyrak, yosh, pok, Allohning suyuklilari va Rasuli akramning suyumlilari bo'lmish
bolajonlar uchun yaralgan kitobman.
O'zimni zukko o'quvchilarimga bagishlab, varaqlarim orasidagi hikoyalarimni ularga
taqdim etaman. Hayvonlar va ashyolarning tilidan hikoya qilingan bo'lsam presunto, bular
haqiqiy voqeiy hikoyalardir. Ularning hammasi bo'lib o'tgan va barchasi haqiqatdir. Aziz
bolajonlar, hikoyalarni hayvonlar va narsalar tilidan eshitishni xush ko'rishingizni yaxshi
bilganim uchun ham shu yo'lni tanladim.
Bu kitobda rivoyat qilingan voqealarning hammasi R \ ur'oni karimda va hadisi shariflar
jamlangan mo '' tabar manbalarda zikr etilgan. Ularning ba'zilari suyukli paygambarimiz
Muhammadning (sollalohu alayhi vasallam) hayotlari yozilgan kitoblarda keltirilgan.
Bunday kitoblar juda ham ko'p. Inshaalloh, ulgayib, solih va mo'min kishilar bo'lib
yetishganingizda bu kitoblarni qayta-qayta o'qiysizlar.
So'zimning nihoyasida bir gapni izhor qilib qo'ysam: "Meni o'qib chiqib, jinday tafakkur
qilsangiz, paygambarimiz Muhammadni (sollallohu alayhi vasallam) chin dildan sevib
qolasiz, u zotning so'zlariga amal qilasiz, xulqlariga, harakatlariga ergashasiz, degan
umidim bor. Assalomu alaykum, va rohmatullohi va barokatuh! "
Primeiro, clique no link de download APK abaixo do artigo ou no botão dentro do artigo. Quando você for redirecionado para a página de download, selecione o primeiro link ou um dos três links exibidos na página de download de Muhammad (s.a.v) hayotlaridan. Além disso, você pode fazer o download diretamente da Google Play através do último link Servidor Original.
Primeiro, clique no link de download APK abaixo. O próximo passo é selecionar um dos dois links de download disponíveis na página. Clique no Servidor 1 ou no Servidor 2 e faça o download do arquivo APK para o seu dispositivo Android.
