Muhammad (s.a.v) hayotlaridan

Muhammad (s.a.v) hayotlaridan

v5.2 by Iqbol

Arabchadan Jahongir Barnoev tarjimasi

Name Muhammad (s.a.v) hayotlaridan
Android Version 6.0
Publisher Iqbol
Genre BOOKS AND REFERENCE
Size 6.0 MB
Version 5.2
Last updated on 2023-09-27
Downloads 100.000+
Get it On Google Play


Download Muhammad (s.a.v) hayotlaridan

Download

About Muhammad (s.a.v) hayotlaridan

Arabchadan Jahongir Barnoev tarjimasi

Detail Muhammad (s.a.v) hayotlaridan

Toshkent

"Movarounnahr" - 2004

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

Bu kitob o‘zi haqida sizlarga so‘zlab beradi

Men kitobman va bundan juda xursandman. Va mavjud narsalardan, eng muhimi,

qimmatbaho narsalardan bo‘lganim uchun gururlanaman. Mening varaqlarim mol-dunyo

va pul varaqlaridan mo‘‘tabar, qadrli. Buning sababi shuki, Alloh taolo insonlarni

hidoyatga boshlamoqchi bo‘lganida ularga kitob nozil qildi... Muqaddas kitobni... Tavrot

ham kitob, Injil ham kitob va Qur’oni karim ham-Kitob.

Va albatta men Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlaridagi kitobman. Nabiy va

rasullarning ko‘zi bo‘lgan Alloh u zotni barcha kishilarni hidoyatga, haq yo‘lga,

yaxshilikka, muhabbatga boshlovchi, jamiki insonlarga tinchlik-omonlik tilovchi qilib

yubordi.

Men ziyrak, yosh, pok, Allohning suyuklilari va Rasuli akramning suyumlilari bo‘lmish

bolajonlar uchun yaralgan kitobman.

O'zimni zukko o‘quvchilarimga bagishlab, varaqlarim orasidagi hikoyalarimni ularga

taqdim etaman. Hayvonlar va ashyolarning tilidan hikoya qilingan bo‘lsam ham, bular

haqiqiy voqeiy hikoyalardir. Ularning hammasi bo‘lib o‘tgan va barchasi haqiqatdir. Aziz

bolajonlar, hikoyalarni hayvonlar va narsalar tilidan eshitishni xush ko‘rishingizni yaxshi

bilganim uchun ham shu yo‘lni tanladim.

Bu kitobda rivoyat qilingan voqealarning hammasi R\ur’oni karimda va hadisi shariflar

jamlangan mo‘‘tabar manbalarda zikr etilgan. Ularning ba’zilari suyukli paygambarimiz

Muhammadning (sollalohu alayhi vasallam) hayotlari yozilgan kitoblarda keltirilgan.

Bunday kitoblar juda ham ko‘p. Inshaalloh, ulgayib, solih va mo‘min kishilar bo‘lib

yetishganingizda bu kitoblarni qayta-qayta o‘qiysizlar.

So‘zimning nihoyasida bir gapni izhor qilib qo‘ysam: «Meni o‘qib chiqib, jinday tafakkur

qilsangiz, paygambarimiz Muhammadni (sollallohu alayhi vasallam) chin dildan sevib

qolasiz, u zotning so‘zlariga amal qilasiz, xulqlariga, harakatlariga ergashasiz, degan

umidim bor. Assalomu alaykum, va rohmatullohi va barokatuh!»

What's New Version 5.2