Siyrat
Introductions Siyrat
Muhammad alayhissalom siyratlarini o'rganish uchun yangicha uslubdagi ilova
«Siyrat» ilovasi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini o'rganish uchun yangicha uslubda ishlab chiqilgan. Bu ilovada foydalanuvchilar o'yin usulidagi turli savollarga javob berish orqali Payg'ambarimiz alayhissalomning siyratlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Har bir yechilgan test foydalanuvchilarga ball olish imkonini beradi. To'plangan ballarga ko'ra reyting shakllanadi. Bu foydalanuvchilar o'rtasidagi raqobatni oshiradi va ko'proq ball to'plashga undaydi. Ilova zamonaviy texnologiyalar yordamida Islomiy ilmlarni targ'ib qilishda, yoshlarni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini o'rganishga yanada qiziqtirishda katta yordam beradi degan umiddamiz.