Siyrat
Introductions Siyrat
Muhammad alayhissalom siyratlarini oʻrganish uchun yangicha uslubdagi ilova
«Siyrat» ilovasi Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini oʻrganish uchun yangicha uslubda ishlab chiqilgan. Bu ilovada foydalanuvchilar o'yin usulidagi turli savollarga javob berish orqali Payg'ambarimiz alayhissalomning siyratlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Har bir yechilgan test foydalanuvchilarga ball olish imkonini beradi. To’plangan ballarga ko’ra reyting shakllanadi. Bu foydalanuvchilar o’rtasidagi raqobatni oshiradi va ko’proq ball to’plashga undaydi. Ilova zamonaviy texnologiyalar yordamida Islomiy ilmlarni targʻib qilishda, yoshlarni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini oʻrganishga yanada qiziqtirishda katta yordam beradi degan umiddamiz.